5-modda. Budjet tizimining asosiy prinsiplari
Budjet tizimi toʻgʻrisida (158-II-son) · Sana: 14.12.2000 · Amalda
Budjet tizimining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
budjet tasnifi tizimi, hisob-budjet hujjatlari va budjet jarayoni tuzilishining yagonaligi;
budjet tuzilishining Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi;
turli darajadagi budjetlarning oʻzaro bogʻliqligi;
Davlat budjeti balansliligi;
davlat daromadlarini aniq manbalar boʻyicha va xarajatlarini yoʻnalishlari (moddalari) boʻyicha rejalashtirish;
Davlat budjeti xarajatlarini budjetdan ajratiladigan tasdiqlangan mablagʻlar doirasida va xarajatlar smetalarida koʻrsatilgan maqsadlarda amalga oshirish;
barcha darajadagi budjetlarning mustaqilligi.
