13-modda. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondi
Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida (O‘RQ-213-son) · Sana: 23.04.2009 · Amalda
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondi Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan hamda oʻz vakolatlari doirasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan shakllantiriladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondi umumiy va maxsus texnik reglamentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari, davlat boshqaruvi organlari oʻzlari tasdiqlagan maxsus texnik reglamentlarni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondiga belgilangan tartibda taqdim etadi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantirish va yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
