9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Yer toʻgʻrisida (97-XII-son) · Sana: 20.06.1990 · Amalda
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ixtiyorida boʻladi:
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yerlarni posyolka va qishloq oʻzini oʻzi boshqaruv idoralari bilan, hokimiyatning tuman, shahar va viloyat idoralari bilan, shuningdek yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar bilan kelishilgan holda tasarruf etish;
yerlardan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, tabiatni qoʻriqlash sohasidagi boshqa tadbirlar bilan kompleks tarzda yer resurslarini muhofaza qilish yuzasidan hokimiyat mahalliy idoralari bilan birgalikda respublika dasturlarini ishlab chiqish va ularni bajarish;
yer tuzishni hamda Davlat yer kadastrini yuritishni tashkil etish.
