7-modda. Hokimiyat viloyat idoralarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Yer toʻgʻrisida (97-XII-son) · Sana: 20.06.1990 · Amalda
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar viloyat hokimiyat idoralarining ixtiyorida boʻladi:
yerlardan foydalanishni va ularni muhofaza qilishni nazorat etish;
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga qishloq xoʻjalik ehtiyojlari uchun, davlat va jamoatning boshqa ehtiyojlari uchun ushbu moddaning beshinchi xatboshisida aytilgan shartlarga rioya qilgan holda egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer berish;
diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarga mazkur vakolatxonalarning binolarini, shu jumladan vakolatxona boshligʻi qarorgohini qurish uchun yer uchastkalarini mulk qilib sotish;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilab qoʻyiladigan roʻyxatga muvofiq olib qoʻyiladigan yerlar, shu jumladan alohida muhofaza etiladigan tabiiy hamda tarixiy-madaniy obyektlar va hududlar egallab turgan yerlar, shahar atrofi yerlari va shaharlarning yashil zonalari yerlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va oʻquv yurtlarining tajriba maydonlari, birinchi guruhga mansub oʻrmonlarning yerlaridan tashqari barcha yerlarni katta-kichikligidan qatʼi nazar olib qoʻyish;
yer-kadastr hujjatlarining yuritilishini tashkil etish;
yer tuzish ishlarini tashkil etish.
