60-modda. Yer tuzishning vazifalari va mazmuni
Yer toʻgʻrisida (97-XII-son) · Sana: 20.06.1990 · Amalda
Yer tuzish yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishni tashkil etishga, yer toʻgʻrisidagi qonunlarni, oʻzini oʻzi boshqaruv idoralari va hokimiyat idoralarining qulay ekologik muhitni vujudga keltirishga va tabiiy manzarani yaxshilashga oid qarorlarini amalga oshirishga qaratilgan tadbirlar sistemasini oʻz ichiga oladi.
Yer tuzish oʻzini oʻzi boshqaruv idoralari va hokimiyat idoralarining qaroriga yoki manfaatdor ministrliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning, shuningdek ijarachilar va dehqonchilik xoʻjaliklarining arizalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Yer tuzilishini prognozlash maqsadida va loyihalash oldidan, xoʻjaliklararo hamda xoʻjaliklar ichida amalga oshiriladigan turlarga boʻlinadi.
Prognozlash maqsadidagi hamda loyihalash oldidan bajariladigan yer tuzish ishlariga quyidagilar kiradi:
1) respublika va uning regionlarining yer-suv resurslaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sxemalarini ishlab chiqish;
2) rayonlar, oblastlarning yer tuzilishi sxemalarini ishlab chiqish;
3) yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bogʻliq prognozlarni, respublika va regional programmalarni ishlab chiqish;
4) tabiatni alohida muhofaza qilish, dam olish va qoʻriqxona rejimidagi hududning joylashishini va chegaralari belgilanishini asoslash.
Xoʻjaliklararo yer tuzilishiga quyidagilar kiradi:
1) joyning oʻzida qishloqlar, posyolkalari, rayonlar, shaharlar, oblastlar va Oʻzbekiston Respublikasining chegaralarini belgilash;
2) yerlarning joylashishidagi noqulayliklarni bartaraf etgan holda yangi yer egaligini va yerdan foydalanishni tashkil etish hamda mavjud yer egaligi va yerdan foydalanishlarni tartibga solish loyihalarini tuzish;
3) yangi tashkil etilayotgan, boʻlinayotgan hamda yiriklashtirilayotgan qishloq xoʻjalik korxonalari, muassasa va tashkilotlariga yer ajratib berish loyihalarini tuzish;
4) davlat va jamoat ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga yer ajratib berish loyihalarini tuzish;
5) joyning oʻzida yer uchastkalarini ajratib berish, yerga enalik qilish va undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni tayyorlash.
Xoʻjaliklararo yer tuzilishi ishlari maʼmuriy rayonlar yoki bir-birlari oʻzaro bogʻlangan xoʻjaliklar doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qoʻyilgan tartibda amalga oshiriladi.
