5-modda. Hokimiyat shahar idoralarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Yer toʻgʻrisida (97-XII-son) · Sana: 20.06.1990 · Amalda
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar hokimiyatning shahar idoralari ixtiyorida boʻladi:
shahar doirasidagi yerlardan foydalanishni va ularni muhofaza qilishni nazorat etish;
yer uchastkasining katta-kichikligidan qatʼi nazar, shahar doirasida egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer berish, shuningdek yerni olib qoʻyish, qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yerlari bundan mustasno;
yer uchastkalarini fuqarolarning meros qilib qoldiriladigan umrbod egaligiga kim oshdi asosida sotish;
yer uchastkalariga mulkdorlik, yerga egalik qilish, undan foydalanish huquqlarini shuningdek yerni ijaraga olish shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish;
shahar doirasida fuqarolarga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga berib qoʻyilgan yer uchun yer soligʻi va ijara haqi undirish;
ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida belgilab qoʻyilgan tartibda yer berilgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning yerga egalik qilish va undan foydalanish huquqlarini toʻxtatish;
yer-kadastr hujjatlarining yuritilishini tashkil etish;
yer tuzish ishlarini uyushtirish.
Toshkent shahrining hokimiyat organlari diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarga mazkur vakolatxonalarning binolarini, shu jumladan, vakolatxona boshligʻining qarorgohini qurish uchun yer uchastkalarini mulk qilib sotishlari ham mumkin.
Hokimiyatning shahar tarkibiga kiruvchi tuman idoralari yer munosabatlarini tartibga solish sohasida hal etadigan masalalar doirasini hokimiyatning shahar idoralari belgilab qoʻyadilar.
