39-modda. Shaharlar va shahar posyolkalaridagi temir yoʻl, suv, havo, quvur transporti, kon sanoati yerlari va boshqa yerlar
Yer toʻgʻrisida (97-XII-son) · Sana: 20.06.1990 · Amalda
Shahar va shahar posyolkalaridagi temir yoʻl, suv, havo, quvur transporti, kon sanoati yerlari va boshqa yerlarga korxonalar, muassasalar va tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan maxsus vazifalarni amalga oshirish uchun ularga berib qoʻyilgan yerlar kiradi.
Foydalanish uchun beriladigan yer uchastkasida joylashtiriladigan imorat va inshootlar roʻyxati uchastka ajratish uchun talabnoma berish chogʻida boshlangʻich maʼlumotlarda belgilanadi. Foydalanish davrida qoʻshimcha imoratlar va inshootlar hokimiyatning shahar idorasi yoki posyolka oʻzini oʻzi boshqaruv idorasining ana shu ishlarni amalga oshirish uchun qoʻshimcha qaror qabul qilganidan keyin joylashtiriladi.
