33-modda. Shaharlar va posyolkalar yerlarining tarkibi
Yer toʻgʻrisida (97-XII-son) · Sana: 20.06.1990 · Amalda
Shahar va posyolka doirasidagi barcha yerlar shaharlar va posyolkalar yerlariga kiradi.
Bu yerlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
1) shahar qurilishi yerlari;
2) umumiy foydalaniladigan yerlar;
3) qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan va boshqa yerlar;
4) shahardagi daraxtzorlar egallab turgan yerlar;
5) temir yoʻl, suv, havo, quvur transporti, kon sanoati yerlari va boshqa yerlar.
Shahar doirasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, posyolka doirasi esa hokimiyat viloyat idoralari tomonidan belgilanadi va oʻzgartiriladi.
Shahar doirasidagi hamma yerlar hokimiyat shahar idoralari, posyolka doirasidagi yerlar esa posyolka oʻzini oʻzi boshqaruv organlari ixtiyoridadir.
