32-modda. Yordamchi qishloq xoʻjaligini yuritish uchun yer berish
Yer toʻgʻrisida (97-XII-son) · Sana: 20.06.1990 · Amalda
Sanoat, transport va boshqa noqishloq xoʻjalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga, shuningdek diniy tashkilotlarga ana shu korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ishchilari va xizmatchilarini qishloq xoʻjalik mahsulotlari bilan taʼminlashni yaxshilash, shuningdek, oshxonalar, bolalar muassasalari, maktablar, kasalxonalar, keksalar va nogironlar uylarini, sanatoriylar, dam olish uylari va hokazolarni taʼminlash maqsadida foydalanilmayotgan yoki samarasiz foydalanilayotgan yerlar, Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlarida koʻzda tutilgan hollarda esa boshqa qishloq xoʻjalik yerlari ham yordamchi qishloq xoʻjaligini yuritish uchun doimiy egalik qilish huquqi bilan berilishi mumkin.
