3-modda. Yerlarning tarkibi
Yer toʻgʻrisida (97-XII-son) · Sana: 20.06.1990 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasining barcha yerlari qaysi maqsadda foydalanishiga qarab quyidagilarga boʻlinadi:
1) qishloq xoʻjalik yerlari;
2) aholi punktlarining yerlari (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlari yerlari);
3) sanoat, transport, aloqa, mudofaa yerlari va boshqa yerlar;
4) tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, dam olishga va tarixiy-madaniy maqsadlarga moʻljallangan yerlar;
5) oʻrmon fondi yerlari;
6) suv fondi yerlari;
7) zaxira yerlar.
Kam sonli xalqlar va etnik guruhlar yashaydigan va xoʻjalik yuritadigan joylarda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan mazkur toifadagi yerlardan foydalanishning alohida tartibi oʻrnatilishi mumkin.
