26-modda. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish sohasida yer egalarining vazifalari
Yer toʻgʻrisida (97-XII-son) · Sana: 20.06.1990 · Amalda
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan kolxozlar, sovxozlar, boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar fan va ilgʻor tajriba yutuqlari asosida, mahalliy sharoitlarni eʼtiborga olib:
1) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish rejalarida tuproq unumdorligini oshirish va yerlardan oqilona foydalanish yuzasidan aniq tadbirlarni koʻzda tutishga;
2) zona sharoiti va xoʻjalikning ixtisoslashuviga muvofiq ilmiy asoslangan almashlab ekishlarni dehqonchilikning eng samarali va iqtisodiy jihatdan oqilona tadbirlarini joriy etishga;
3) meliorativ jihatdan nobop sugʻoriladigan yerlarni butunlay qayta ishlashga, pichanzor va yaylovlarga suv chiqarish va ularni holatini yaxshilashga;
4) xoʻjalikning sugʻorish va kollektor-zovur tarmogʻini hamda ulardagi inshootlarni texnikaviy jihatdan tuzuk holatda saqlashga;
5) qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishini sugʻoriladigan yerlarning shoʻr bosishi va botqoqlanishiga, yerlarning va suv manbalarining bulgʻanishi va zararlanishiga yoʻl qoʻymaydigan usullarda amalga oshirishga;
6) qishloq xoʻjalik ekinlari va dov-daraxtlarini parvarish qilishning suv tejaladigan texnologiyasini sugʻorishning ilgʻor usullarini joriy etishga;
7) ushbu Qonunning 53-moddasiga hamda boshqa qonun hujjatlariga binoan yerlarni muhofaza qilish chora-tadbirlarini koʻrishga majburdirlar.
