25-modda. Sugʻoriladigan yerlar
Yer toʻgʻrisida (97-XII-son) · Sana: 20.06.1990 · Amalda
Qishloq xoʻjaligida foydalanish va sugʻorish uchun yaroqli boʻlgan, suv resurslari shu yerlarni sugʻorishni taʼminlay oladigan sugʻorish manbai bilan bogʻlangan doimiy yoki muvaqqat sugʻorish tarmogʻiga ega boʻlgan yerlar sugʻoriladigan yerlar hisoblanadi.
Suv xoʻjaligi idoralari sugʻoriladigan yeri boʻlgan yer egalari va yerdan foydalanuvchilarni manbalarning sersuvligini hisobga olgan holda belgilangan limitlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining suv toʻgʻrisidagi qonunlariga muvofiq belgilanadigan tartibda taʼminlashlari shart.
Sugʻoriladigan yerlar alohida muhofaza qilinishi lozim, ularni sugʻorilmaydigan yerlar sirasiga oʻtkazilishi tuproq-meliorativ sharoitlarni va yerlarning suv bilan taʼminlanganligini, ulardagi mavjud suv resurslarini va bu suvlarga belgilangan limitlarni eʼtiborga olib, hokimiyatning viloyat idoralari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishib amalga oshiriladi.
