15-modda. Yer uchastkalaridan qidiruv ishlari uchun foydalanish
Yer toʻgʻrisida (97-XII-son) · Sana: 20.06.1990 · Amalda
Geologiya-suratga olish, qidirish, geodeziya va boshqa qidiruv ishlarini amalga oshiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bu ishlarni hamma yerlarda yer egalaridan va yerdan foydalanuvchilardan yer uchastkalarini olib qoʻymagan holda amalga oshirishlari mumkin.
Sugʻoriladigan haydov yerlarda, bogʻlarda, uzumzorlar, tutzorlar, mevazorlarda, tubdan yaxshilash ishlari amalga oshirilgan pichanzorlar va yaylovlarda, birinchi guruh oʻrmonlari bilan qoplangan yerlarda, shuningdek tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, dam olish va tarix-madaniyat obyektlari boʻlgan yerlarda qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomani tegishli suratda hokimiyatning viloyat idoralari, boshqa yerlarda esa hokimiyatning tuman yoki shahar idoralari uzogʻi bilan bir yilga beradilar.
Qidiruv ishlarini olib boruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ish davomida buzilgan yer uchastkalarini belgilangan maqsadlarda foydalanish uchun yaroqli holatga oʻz hisoblaridan keltirishga va yer egalariga hamda yerdan foydalanuvchilarga topshirishga, yerlar, ekinlar, dov-daraxtlar, oʻrmonlar, suvlar va boshqa tabiat obyektlarining, suv va gaz quvurlari, kanalizatsiya, melioratsiya sistemalari va boshqa inshootlarning yaroqli holda saqlanishini taʼminlash uchun choralar koʻrishga, shuningdek yerlarni vaqtincha egallab turish munosabati bilan yer egalariga keltirilgan zararni, shu jumladan qoʻlga kirmay qolgan foydani xam toʻlashga majburdirlar.
