13-modda. Yer uchastkalariga mulkdorlik, yerga egalik qilish va undan foydalanish huquqini toʻxtatish
Yer toʻgʻrisida (97-XII-son) · Sana: 20.06.1990 · Amalda
Tegishli oʻzini oʻzi boshqaruv idoralari hamda hokimiyat mahalliy idoralari oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori bilan quyidagi hollarda barcha yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga egalik qilish va undan foydalanish huquqi toʻxtatib qoʻyiladi:
1) yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechilganda;
2) yer uchastkasi berilgan muddat tugaganda;
3) korxona, muassasa, tashkilot, dehqon xoʻjaligining faoliyati toʻxtaganda;
4) shartnoma shartlari buzilganligi sababli yerni ijaraga berish shartnomasi bekor qilinganda;
5) yerdan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanilganida;
6) xizmatda foydalanish uchun yer berib qoʻyishga asos boʻlgan mehnat munosabatlari toʻxtatilganda;
7) yer uchastkasidan oqilona foydalanilmagan taqdirda, bu narsa qishloq xoʻjaligi maqsadlariga atalgan yerlar uchun hosildorlik darajasi normativdan (kadastr bahosiga koʻra) past boʻlishida ifodalanadi;
8) yer uchastkasidan tuproq hosildorligi pasayishiga, uning kimyoviy va radioaktiv bulgʻanishiga, ekologiya vaziyati yomonlashuviga olib boradigan usullar bilan foydalanilgan taqdirda;
9) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan muddatlar mobaynida yer soligʻi, shuningdek ijara shartnomasida belgilangan muddatlarda ijara haqi uzluksiz toʻlanmaganida;
10) qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishi uchun berib qoʻyilgan yer uchastkasidan bir yil davomida va noqishloq xoʻjalik ishlab chiqarishi uchun berilgan yer uchastkasidan ikki yil mobaynida foydalanilmaganida;
11) meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik huquqini beruvchi order kim oshdi savdosi asosida olinganidan keyin yer uchastkasidan ikki yil mobaynida foydalanilmaganida, yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik huquqi garovda boʻlgan taqdirda esa — garov shartnomasi muddati mobaynida foydalanilmaganida. Foydalanilmagan yer uchastkalari avvalgi egalariga ular toʻlagan haqni qaytarib bergan holda tortib olinadi;
12) ushbu Qonunda koʻzda tutilgan holatlarda yer olib qoʻyilganida.
Qonunlarda yerga egalik qilish huquqini, yerdan foydalanish va yerni ijaraga olish huquqini toʻxtatishning boshqa holatlari ham koʻzda tutilishi mumkin.
Yer uchastkalariga mulkdorlik huquqini quyidagi hollarda toʻxtatiladi:
1) savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari, shuningdek, turar joy binolari va boshqa binolar yoki binolarning bir qismi shu binolar joylashgan yer uchastkalari bilan birga sotilganda;
