4-modda. Pochta aloqasi sohasidagi asosiy prinsiplar
“Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-211-son) · Sana: 22.04.2009 · Amalda
Pochta aloqasi sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:
barcha foydalanuvchilar uchun pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishning erkinligi;
standartlar, normalar va qoidalarning yagonaligi;
foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi;
yozishmalar, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini sir tutishga rioya etilishi;
pochta va kuryerlik joʻnatmalari tranzitining erkinligi.
