8-modda. Ayrim toifadagi soliq toʻlovchilarga soliq solish xususiyatlari
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 24.04.1997 · Amalda
Ushbu Kodeks yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari bilan belgilangan ayrim toifadagi soliq toʻlovchilar uchun soliq solishning quyidagilarni toʻlashni nazarda tutuvchi soddalashtirilgan tartibi qoʻllanilishi mumkin:
1) yagona soliq toʻlovini;
2) yagona yer soligʻini;
3) tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliqni.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar soliq solishning yagona soliq toʻlovi toʻlashni nazarda tutuvchi soddalashtirilgan tartibini yoki umumbelgilangan tartibdagi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlashni tanlashga haqli, ushbu moddaning uchinchi, toʻrtinchi va oʻninchi qismlarida nazarda tutilgan mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno.
Alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq toʻlovi toʻlashga oʻtishga haqli emas.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, lotereyalar tashkil qilish doirasida faoliyat koʻrsatadigan yuridik shaxslar, xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar yagona soliq toʻlovi toʻlaydilar hamda umumbelgilangan tartibda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlashga oʻtishga haqli emas.
Yagona soliq toʻlovi toʻlovchilar yagona soliq toʻlovini budjetga toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasiga, biroq bir vaqtning oʻzida ellik foizdan koʻp boʻlmagan miqdorga kamaytirgan holda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashga haqlidirlar.
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qoʻllovchi ishlab chiqarish mikrofirmalari va kichik korxonalari yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliq solinadigan bazani olingan yangi texnologik jihozlar qiymatiga teng miqdorda, biroq soliq solinadigan bazaning yigirma besh foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda besh yil mobaynida kamaytirishga haqlidir. Mazkur soliq imtiyozi yangi texnologik jihozlar ishga tushirilgan paytdan eʼtiboran navbatdagi soliq hisoboti davri uchun qoʻllaniladi. Yangi texnologik jihozlar olingan (import qilingan) paytdan eʼtiboran uch yil mobaynida realizatsiya qilingan yoki tekinga berilgan taqdirda, mazkur imtiyozning amal qilishi imtiyoz qoʻllanilgan butun davr uchun yagona soliq toʻlovi toʻlash boʻyicha majburiyatlar tiklangan holda bekor qilinadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan soliqlar barcha umumbelgilangan tartibdagi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar oʻrniga toʻlanadi, quyidagilar bundan mustasno:
