77-modda. Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlari
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 24.04.1997 · Amalda
Soliq toʻlovchi, mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari, qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha tasdiqlangan shakldagi hisob-kitoblarni ortib boruvchi yakun bilan soliq yuzasidan roʻyxatdan oʻtgan joyidagi soliq organlariga har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay va yil yakunlari boʻyicha yillik moliyaviy hisobotni topshirish muddatida taqdim etadi.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha tasdiqlangan shakldagi hisob-kitoblarni ortib boruvchi yakun bilan soliq yuzasidan roʻyxatdan oʻtgan joyidagi soliq organlariga har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay va yil yakunlari boʻyicha yillik moliyaviy hisobotni topshirish muddatida taqdim etadi.
