72-modda. Nol darajali stavka boʻyicha soliq solish
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 24.04.1997 · Amalda
Quyidagilarga nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadi:
agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, tovarlarning, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bajariladigan ishlarning (koʻrsatiladigan xizmatlarning) erkin konvertatsiya qilinadigan valyutadagi eksportiga, shu jumladan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlariga yetkazib berilishiga;
chet el tarafi tomonidan oʻzaro doʻstlik prinsipi qoʻllangan taqdirda, chet el diplomatik vakolatxonalari hamda ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek bu vakolatxonalar diplomatik va maʼmuriy-texnik xodimlarining, shu jumladan ular bilan birgalikda yashayotgan oila aʼzolarining, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasalar hamda respublikada doimiy yashayotgan boʻlmasalar, shaxsiy foydalanishi uchun realizatsiya qilinayotgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga).
“bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash boʻyicha erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada bajariladigan ishlarga (koʻrsatiladigan xizmatlarga);
chet mamlakatlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali olib oʻtiladigan yuklarini (tranzit yuklarni) tashish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlarga.
suv taʼminoti, issiqlik taʼminoti va gaz taʼminoti boʻyicha aholiga koʻrsatiladigan kommunal xizmatlarga.
