71-modda. Qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilish
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 24.04.1997 · Amalda
Faoliyatning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir qismi boʻyicha quyidagilar qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadi:
1) sugʻurta boʻyicha vositachilar va agentlar amalga oshiradigan sugʻurta qilish va qayta sugʻurta qilish operatsiyalari, shu jumladan bunday operatsiyalar bilan bogʻliq xizmatlar;
2) ssudalar berish va oʻtkazish operatsiyalari;
3) pul omonatlari, joriy hisobvaraqlar, toʻlovlar, oʻtkazmalar, cheklar va boshqa qimmatli qogʻozlarga daxldor operatsiyalar, shuningdek jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlari aylanmasi;
4) qonuniy toʻlov vositasi boʻlgan chet el valyutasi va pullar muomalasiga daxldor operatsiyalar, numizmatika maqsadida foydalaniladiganlari bundan mustasno;
5) qimmatli qogʻozlar muomalasiga daxldor operatsiyalar, ularni tayyorlash operatsiyalari bundan mustasno;
6) maxsus vakil qilingan organlar tomonidan bajariladigan va davlat boji, yigʻimlar undiriladigan harakatlar;
7) bolalarni maktabgacha tarbiya muassasalarida boqishga, bemorlar va qariyalarni parvarish qilishga doir xizmatlar;
8) dafn etish byurolari va qabristonlarning marosim xizmatlari;
9) intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni olganlik uchun patent bojlari, roʻyxatga olish yigʻimlari va litsenziya toʻlovlari;
10) protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun inventarlar ishlab chiqarish va nogironlarga ortopedik protezlash xizmati koʻrsatishga ixtisoslashgan korxonalarning mahsulotlari, davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalarining mahsulotlari;
12) pochta markalari (kolleksiya qilinadiganlaridan tashqari), markali otkritkalar va konvertlar sotish;
13) aloqa tashkilotlarining pensiya va nafaqalar toʻlash boʻyicha xizmatlari;
14) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlari;
15) shahar yoʻlovchilar transportining xizmatlari (taksi, shu jumladan yoʻnalishli taksidan tashqari), shuningdek umumiy foydalanishdagi temir yoʻl va avtomobil transportida (taksi, shu jumladan yoʻnalishli taksidan tashqari) shahar atrofidagi yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashish xizmatlari;
16) aholiga koʻrsatiladigan uy-joy-kommunal va uy-joydan foydalanish xizmatlari (suv taʼminoti, issiqlik taʼminoti va gaz taʼminoti boʻyicha kommunal xizmatlardan tashqari);
