6-modda. Umumdavlat soliqlari
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 24.04.1997 · Amalda
Umumdavlat soliqlariga quyidagilar kiradi:
1) yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) soligʻi;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;
3) qoʻshilgan qiymat soligʻi;
4) aksiz soligʻi;
5) yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
Umumdavlat soliqlari har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar boʻyicha tegishli budjetlar oʻrtasida taqsimlanadi.
