43-modda. Daromad (foyda) soligʻini toʻlash
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 24.04.1997 · Amalda
Yuridik shaxslar daromad (foyda) soligʻini daromad (foyda) soligʻi boʻyicha hisob-kitoblarni topshirish uchun belgilangan kundan boshlab besh kun ichida, ushbu Kodeksning 41-moddasiga muvofiq oʻtgan hisobot davrining moliyaviy natijalari asosida toʻlaydi.
Yilning hisobot choragida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan koʻproq miqdorda daromad (foyda) olgan yuridik shaxslar daromad (foyda) soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni har oyning 15-kuniga qadar yilning choragi boʻyicha daromad (foyda) soligʻi summasining uchdan bir qismi miqdorida toʻlaydi.
Yuridik shaxslar joriy toʻlovlar summasini hisoblab chiqarish uchun yilning joriy choragi birinchi oyining 5-kunigacha oʻzlari soliq roʻyxatidan oʻtgan joydagi soliq organiga yilning tegishli choragida olish moʻljallangan daromad (foyda) hamda belgilangan daromad (foyda) soligʻi stavkasi asosida maʼlumotnoma taqdim etadilar.
Yil mobaynida toʻlangan daromad (foyda) soligʻi summalari tegishli hisobot yili uchun soliq toʻlovchiga hisoblab chiqarilgan soliq hisobiga oʻtkaziladi.
