19-modda. Jami daromaddan chegirmalar
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 24.04.1997 · Amalda
Soliq solinadigan daromadlarni (foydalarni) belgilashda jami daromaddan quyidagi chegirmalar amalga oshiriladi:
qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi, mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, shuningdek bojxona bojlari summalari;
banklarning va boshqa moliya-kredit tashkilotlarining kreditlari uchun foiz toʻlovlari summalari, bundan banklarning va boshqa moliya-kredit tashkilotlarining investitsiya davrida kapital qoʻyilmalar tarkibiga kiradigan investitsiya uchun olgan kreditlari boʻyicha foizlar hamda toʻlov muddati oʻtgan va uzaytirilgan ssudalar boʻyicha foizlar mustasno;
xodimlarga ish haqi toʻlash boʻyicha xarajatlar;
belgilangan tartibda kiritiladigan renta toʻlovlarining summasi;
ijara haqi;
asosiy vositalarni taʼmirlash xarajatlari;
chet yuridik va jismoniy shaxslarning moddiy xarajatlari va koʻrsatgan xizmatlarining qiymati;
majburiy sugʻurta toʻlovlari boʻyicha oʻtkaziladigan, qonun hujjatlariga muvofiq ish haqiga hisoblangan summalar;
mahsulotni (xizmatlarni) sertifikatlash ishlariga haq toʻlash xarajatlari summalari;
qonun hujjatlariga muvofiq normalar boʻyicha xizmat safari xarajatlari summalari;
qonun hujjatlariga muvofiq normalar boʻyicha vakillik maqsadlaridagi xarajatlar summalari;
reklama xarajatlari summalari;
soliq toʻlovchi faoliyati ixtisosligi boʻyicha kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash uchun xarajatlar summalari;
soliq toʻlovchi balansidagi sogʻliqni saqlash obyektlari, qariyalar va nogironlar uylari, maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari, bolalarning dam olish lagerlari, madaniyat va sport obyektlari, xalq taʼlimi muassasalari, uy-joy fondini saqlashga qilinadigan xarajatlar summalari, shuningdek soliq toʻlovchilar sanab oʻtilgan muassasalarni saqlashda ulush qoʻshib qatnashib, ana shu maqsadlar uchun qiladigan xarajatlarining summalari;
lizing obyektini sotib olish uchun olingan kreditlar foizlari va boshqa belgilangan toʻlovlar summalari;
lizing beruvchining lizing shartnomasi boʻyicha lizing toʻlovi tarkibida toʻlanadigan daromadi;
qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasidagi ixtiyoriy sugʻurta turlari boʻyicha xarajatlar summalari, ushbu qismning oʻn toʻqqizinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
