Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 24.04.1997 · Amalda
Jami daromad bilan ushbu Kodeksga muvofiq belgilanadigan chegirmalar oʻrtasidagi farq sifatida hisoblangan daromad (foyda) soliq solish obyektidir.
Ustav fondiga qoʻshilgan, umumiy vazifalarni hal etish uchun birlashtirilgan badallar, paylar va aniq maqsadga qaratilgan boshqa moliyaviy mablagʻlar (kapital) ana shu vazifalarni hal etish uchun maxsus tuzilgan yuridik shaxsning daromadlari hisoblanmaydi va soliq solish obyekti boʻlmaydi.
Yuridik shaxs boʻlgan aksiyadorning oʻtgan yillarning taqsimlanmagan foydasini ustav fondini (kapitalini) koʻpaytirish uchun yoʻnaltirish chogʻida qoʻshimcha aksiyalar qiymati yoki aksiyalarning nominal qiymatini koʻpaytirish tarzida olingan daromadlari (foydasi) soliq solish obyekti boʻlmaydi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-152637
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 16-modda. Soliq solish obyekti Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-147172/16 (lex.uz/docs/-152637)