121-modda. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlash muddatlari
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 24.04.1997 · Amalda
Yil choragi davomida suv resurslaridan foydalanganlik uchun toʻlaydigan soligʻining umumiy summasi eng kam ish haqining ellik baravaridan kam boʻlgan korxonalar soliqni yilning har choragida bir marta, yil choraklari boʻyicha moliyaviy hisobotlarni topshirish uchun belgilangan muddatlarda toʻlaydilar.
Qolgan korxonalar (qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni amalda olingan suv hajmidan kelib chiqib, har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-kuniga qadar toʻlaydilar.
Qishloq xoʻjalik korxonalari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni bir yilda bir marta—joriy yilning 15-dekabriga qadar toʻlaydilar.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni yilning har choragida, yilning hisobot choragidan keyingi oyning 15-kuniga qadar toʻlaydilar.
