8-modda. Deputatni chaqirib olish boʻyicha ovoz berish kunini tayinlash
Oʻzbekiston Respublikasida deputatni chaqirib olish tartibi toʻgʻrisida (229-I-son) · Sana: 26.04.1996 · Amalda
Oliy Majlis deputatini chaqirib olish masalasi boʻyicha ovoz berish kuni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tayinlanadi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatini chaqirib olish masalasi boʻyicha ovoz berish kuni tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan tayinlanadi.
Deputatni chaqirib olish boʻyicha ovoz berish kuni tegishli okrug komissiyasi tuzilgan kundan eʼtiboran kamida bir oy keyinga tayinlanishi lozim.
Ovoz berish kuni tayinlanganidan keyin kechi bilan uch kun ichida ovoz berish kuni toʻgʻrisida mahalliy ommaviy axborot vositalari orqali xabar qilinadi.
