7-modda. Chaqirib olish toʻgʻrisidagi masalani qarab chiqish chogʻida chaqirib olinayotgan deputat huquqlarining kafolatlari
Oʻzbekiston Respublikasida deputatni chaqirib olish tartibi toʻgʻrisida (229-I-son) · Sana: 26.04.1996 · Amalda
Oliy Majlis Kengashi, Markaziy saylov komissiyasi, xalq deputatlari tegishli viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatga uni deputatlikdan chaqirib olish toʻgʻrisidagi taklif xususida uch kunlik muddatdan kechiktirmay yozma bildirish xati yuborib, tushgan hujjatlarning nusxalarini unga ilova qiladi.
Deputat saylovchilar bilan uchrashishga, oʻzining chaqirib olinishi toʻgʻrisidagi masala qarab chiqilayotgan yigʻilishlar, sessiyalar va majlislarda ishtirok etishga hamda oʻzini himoya qilishga haqlidir.
Deputatni chaqirib olish toʻgʻrisidagi masalani qoʻyishga sabab boʻlgan yolgʻon axborotni bila turib taqdim etgan fuqarolar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
