4-modda. Hamkorlikni amalga oshiruvchi organlar
Jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 19.06.2008 · Amalda
1. Tomonlar jinoyatchilikka qarshi kurashda oʻz davlatlarining qonunchiligi va xalqaro majburiyatlariga rioya etgan holda ushbu Bitim; qoidalariga muvofiq oʻz vakolatli organlari orqali hamkorlik qiladilar. Ushbu Bitim qoidalarini amalga oshirish maqsadida quyidagilar Tomonlarning vakolatli organlari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi uchun:
Ichki ishlar vazirligi;
Milliy xavfsizlik xizmati;
Davlat bojxona qoʻmitasi;
Bosh prokuratura.
Belarus Respublikasi uchun:
Ichki ishlar vazirligi;
Davlat xavfsizlik qoʻmitasi;
Davlat bojxona qoʻmitasi;
Davlat chegara qoʻmitasi;
Davlat nazorati qoʻmitasi;
Bosh prokuratura.
2. Ushbu Bitim kuchga kirgandan soʻng bir oy muddatda Tomonlar oʻz vakolatli organlari manzillari va boshqa zarur maʼlumotlar bilan almashinadilar hamda ushbu Bitimni amalga oshirish maqsadida Tomonlar oʻz vakolatli organlarining har qanday oʻzgarishlari haqida bir-birlarini xabardor qilishlari zarur.
3. Tomonlarning vakolatli organlari bir-birlari bilan aloqani bevosita amalga oshiradilar.
