2-modda. Hamkorlik shakllari
Jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 19.06.2008 · Amalda
Tomonlar hamkorlikni quyidagi asosiy shakllarda amalga oshiradilar:
transmilliy jinoyatchilikning har qanday shakllari, xususan, terrorizm, uyushgan jinoyatchilik, narkotik moddalar, psixotrop moddalar, prekursorlar, qurol-yaroqlar, oʻq-dorilar va portlovchi moddalar, radioaktiv materiallarning noqonuniy ishlab chiqarilishi hamda aylanishi, migratsiya bilan bogʻliq jinoiy faoliyatning oldini olish va bartaraf etish maqsadida axborot almashinish, shu jumladan, transmilliy jinoyatchilikka jalb etilgan shaxslar va jinoiy tashkilotlar haqidagi axborot bilan almashinish;
jinoiy tashkilotlarga qarshi muvofiqlashtirilgan harakatlarni rejalashtirish va amalga oshirish;
jinoiy taʼqibdan yashirinib yurgan yoki jinoiy jazodan boʻyin tovlagan shaxslar, shuningdek, bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirish;
jinoyatlarning yangi turlari, ularning oldini olish, bartaraf etish, aniqlash va fosh etishning usullari va shakllariga daxldor axborot bilan almashinish;
iqtisodiyot sohasidagi, shu jumladan, noqonuniy xalqaro moliyaviy va eksport operatsiyalari, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, qalbaki pul belgilari, moliyaviy hujjatlar, qimmatli qogʻozlar, naqd pulsiz toʻlovlar vositalarini tayyorlash va sotish sohasidagi jinoyatlarni aniqlashga yordam berish;
ilmiy va texnikaviy usullar hamda kriminologik va kriminalistik tadqiqot vositalaridan foydalanish tajribasi bilan almashinish;
kontrabanda, ayniqsa narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning yashirin olib oʻtilishining oldini olish maqsadida chegara hamda bojxona nazoratini mustahkamlash boʻyicha zaruriy huquqiy, maʼmuriy va muhofaza choralarini koʻrish;
narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish, yashirish va tarqatish usullari, noqonuniy muomalada paydo boʻlgan ularning yangi turlari, tayyorlash texnologiyalari, bunda qoʻllaniladigan moddalar, shuningdek, narkotik moddalar, psixotrop moddalar va prekursorlarni tahlil qilish va aniqlashda qoʻllaniladigan tadqiqotlarning yangi usullari haqidagi axborot bilan almashinish;
qalbaki hujjatlarni aniqlash va jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarning noqonuniy tarzda kirib kelishini hamda migratsiya bilan bogʻliq jinoyatlarni oldini olish maqsadida chegara nazorati va nazorat qiluvchi vakolatli organlarning moddiy-texnika taʼminoti sohasida axborot almashinish;
