9-modda. Birlashgan korxonalar
Ikki yoqlama soliqqa tortilishiga yoʻl qoʻymaslik va daromad soligʻini toʻlashdan bosh tortishning oldini olish toʻgʻrisida · Sana: 24.07.2008 · Amalda
1. Agar:
a) Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki uning kapitalida bevosita yoki bilvosita ishtirok etsa, yoki
b) oʻsha shaxslar Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasini boshqarishida, nazorat qilishida yoki kapitalida bevosita yoki bilvosita qatnashsa,
va har qanday holatda korxonalar oʻrtasida ularning tijorat va moliyaviy munosabatlarida mustaqil korxonalar oʻrtasida yaratiladiganidan farqli sharoitlar vujudga keltirilsa yoki belgilansa, bunda ulardan biriga hisoblanishi mumkin boʻlgan, ammo bunday sharoitlar natijasida unga hisoblanmagan har qanday foyda ana shu korxonaning foydasiga hisoblanishi va tegishli ravishda soliqqa tortilishi mumkin.
2. Ahdlashuvchi Davlat shu Davlat korxonasi foydasiga boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi boʻyicha ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilgan foydani kiritsa va tegishli ravishda soliqqa tortsa va shu tariqa kiritilgan foyda birinchi eslatilgan Davlat korxonasiga, agar ikkala korxona oʻrtasida vujudga keltirilgan munosabatlar ikki mustaqil korxona oʻrtasidagi munosabatlar kabi boʻlganda hisoblanadigan foyda boʻlsa, u holda ana shu boshqa Davlat foydadan oʻzida olingan soliq miqdoriga tegishli zarur tuzatishlarni kiritadi. Bunday tuzatishlarni belgilashda ushbu Bitimning boshqa qoidalariga tegishlicha eʼtiborni qaratish kerak va Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari, zarur boʻlsa, oʻzaro maslahatlashuvlarni boshlashlari lozim.
