3-modda. Umumiy taʼriflar
Ikki yoqlama soliqqa tortilishiga yoʻl qoʻymaslik va daromad soligʻini toʻlashdan bosh tortishning oldini olish toʻgʻrisida · Sana: 24.07.2008 · Amalda
1. Ushbu Bitimning maqsadlarida, agar matnning mazmunidan oʻzga maʼno chiqmasa:
a) “Singapur” atamasi Singapur Respublikasini bildiradi va jugʻrofiy maʼnoda qoʻllanilganda “Singapur” atamasi Singapur Respublikasi hududini, hududiy suvlari va havo kengliklarini hamda Singapur hududiy suvlaridan tashqariga chiqadigan har qanday hududni va keyinchalik Singapur qonunchiligiga koʻra hamda xalqaro qonunchilikka muvofiq uning doirasida Singapur tirik va notirikligidan qatʼi nazar, tabiiy zaxiralarni qazib olish va ishlab chiqarish huquqiga ega boʻlgan hudud sifatida belgilanishi mumkin boʻlgan har qanday shunday hududning dengiz tub va yer ostini oʻz ichiga oladi;
b) “Oʻzbekiston” atamasi Oʻzbekiston Respublikasini bildiradi va jugʻrofiy maʼnoda qoʻllanilganda, xalqaro huquq va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi oʻzining suveren huquqlari va yurisdiksiyasini amalga oshira oladigan Oʻzbekiston Respublikasining hududini, hududiy suvlari va havo kengliklarini, shu jumladan, yer osti boyliklaridan va tabiiy resurslardan foydalanish huquqlarini anglatadi;
s) “Ahdlashuvchi Davlat” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat” atamalari matn mazmuniga qarab, Oʻzbekistonni yoki Singapurni anglatadi;
d) “shaxs” atamasi jismoniy shaxsni, kompaniya yoki shaxslarning har qanday boshqa birlashuvini anglatadi;
e) “kompaniya” atamasi, soliqqa tortish maqsadlarida korporativ birlashuv sifatida qaraladigan yuridik shaxsni yoki har qanday boshqa tashkilotni anglatadi;
f) “Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi” atamalari tegishincha bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boshqaruvi ostida faoliyat yuritayotgan korxonani va boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boshqaruvi ostida faoliyat yuritayotgan korxonani anglatadi;
g) “xalqaro tashish” atamasi Ahdlashuvchi Davlatlarning korxonasi tomonidan foydalaniladigan dengiz, havo kemalari, temiryoʻl yoki avtomobil transportida har qanday tashishni anglatadi, dengiz yoki havo kemalari faqat boshqa Ahdlashuvchi Davlat hududida joylashgan punktlar oʻrtasida foydalanilishi bundan mustasno;
h) “vakolatli organ” atamasi quyidagilarni anglatadi:
(i) Singapurga nisbatan — Moliya vazirligini yoki uning vakolatli vakilini;
