2-modda. Bitim tatbiq etiladigan soliqlar
Ikki yoqlama soliqqa tortilishiga yoʻl qoʻymaslik va daromad soligʻini toʻlashdan bosh tortishning oldini olish toʻgʻrisida · Sana: 24.07.2008 · Amalda
1. Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Davlat yoki uning maʼmuriy-hududiy boʻlinmalari yoki mahalliy hokimiyat organlari nomidan undirilayotgan daromad soliqlariga nisbatan, ularni undirish uslubidan qatʼi nazar, tatbiq etiladi.
2. Daromadga solinadigan soliqlarga jami daromaddan yoxud daromadning bir qismidan undiriladigan barcha soliqlar taalluqli boʻlib, bunga koʻchar va koʻchmas mulkni boshqa shaxsga berishdan olingan daromadlarga solinadigan soliqlar ham kiradi.
3. Ushbu Bitim tatbiq etiladigan amaldagi soliqlar, xususan quyidagilardir:
(a) Singapur Respublikasiga nisbatan:
i) daromad soligʻi;
(bundan keyin “Singapur soligʻi” deb ataladi).
(b) Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan:
i) yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi;
ii) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;
(bundan keyin “Oʻzbekiston soligʻi” deb ataladi);
4. Ushbu Bitim uning imzolangan sanasidan soʻng Ahdlashuvchi Tomonlardan biri tomonidan undiriladigan soliqlarga qoʻshimcha yoki mavjudlari oʻrniga kiritilgan har qanday bir xil yoki aslida oʻxshash soliqlarga nisbatan ham qoʻllanadi. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oʻzlarining tegishli soliq qonunchiligida boʻlgan muhim oʻzgarishlar toʻgʻrisida bir-birlariga xabar beradilar.
