8-modda.
Chegaraoldi hududlarda fuqarolik maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasining radioxizmatlari tomonidan foydalaniladigan 30.0 — 1000.0 MGts radiochastota polosasidagi radiochastota oʻzlashtiruvlarini muvofiqlashtirish toʻgʻrisida · Sana: 20.03.2006 · Amalda
1. Tomonlar oʻrtasida axborot almashish tartibi, axborotning maxfiylik darajasi va uning muhofazasi, shuningdek har bir muayyan holatda axborotni berishda maxfiylikni buzganligi uchun masʼuliyat ushbu Bitim va Tomonlar davlatlarining milliy qonun hujjatlari asosida aniqlanadi.
2. Tomonlar davlatlarining milliy qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda chegaraoldi hududlarda joylashgan fuqarolik maqsadida ishlayotgan radioelektron vositalar boʻyicha Tomonlar faoliyati uchun zarur boʻlgan hujjatlarni Tomonlar bir-biriga topshirish majburiyatini oladilar.
3. Tomonlar oʻz faoliyatlarida foydalanish uchun olgan maxfiy axborotga ega boʻlgan zarur maʼlumotlarni qatʼiyan maqsadli holda ishlatishlari shart. Maxfiy axborotdan foydalanish huquqiga ega boʻlgan mutaxassislar doirasi Tomonlar davlatlarining milliy qonun hujjatlariga muvofiq, aniqlanadi. Bunda Tomonlar chastota oʻzlashtiruvlarining xalqaro muvofiqlashtiruviga masʼul shaxslardan zarur minimal soni maxfiy axborotdan foydalanish huquqiga ega boʻlish zaruriyatidan kelib chiqadilar.
4. Maxfiy axborotdan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxslar maxfiy axborot bilan ishlashda Tomonlar davlatlarida oʻrnatilgan talablarga rioya qilishga majburlar.
5. Tomonlar sir saqlash va olingan axborotni oshkora qilmaslik boʻyicha barcha choralarni koʻrish majburiyatini oladilar.
6. Berilayotgan axborot maxfiyligining darajasini axborotni berayotgan Tomon belgilaydi.
