7-modda.
Chegaraoldi hududlarda fuqarolik maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasining radioxizmatlari tomonidan foydalaniladigan 30.0 — 1000.0 MGts radiochastota polosasidagi radiochastota oʻzlashtiruvlarini muvofiqlashtirish toʻgʻrisida · Sana: 20.03.2006 · Amalda
1. Tomonlar quyidagi radiochastota toifalarini belgilaydilar:
aloqa tarmoqlari (uyali aloqa, radioeshittirish tarmoqlari, radiorele liniyalari va boshqalar)ni rivojlantirish uchun Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari muvofiqlashtirishi lozim boʻlgan rejalashtirilgan aloqa tarmoqlari radiochastota. Bunday tarmoqlar katta mablagʻlarni talab qilishi, ularni ishga tushirishda uzoq muddatlar sarflanishi mumkin va faqat muvofiqlashtirilgan va tasdiqlangan chastota-hududiy rejalar natijasida yaratilishi mumkin;
Tomonlar muvofiqlashtirgan va foydalanish uchun kelishilgan muvofiqlashtirilgan radiochastota.
Muvofiqlashtirilgan radiochastotani tayinlash (oʻzlashtirish) boshqa Tomon bilan oldindan muvofiqlashtirilgan shartlar asosida amalga oshiriladi.
2. Muvofiqlashtirilganlar toifasidagi radiochastota roʻyxatiga kirgan radiochastota oʻzlashtiruvlari Tomonlar oʻzaro kelishuv asosida amalga oshirgan deb hisoblanadi.
Har bir Tomonning barcha radiochastota oʻzlashtiruvlari muvofiqlashtirilgan deb quyidagilar hisoblanadi:
1991-yilgacha markazlashtirilgan sobiq Sovet Ittifoqi aloqa maʼmuriyati tomonidan belgilangan boʻlsa;
ushbu Bitim kuchga kirish davrigacha ikkala Tomon aloqa maʼmuriyatlari tomonidan muvofiqlashtirilgan boʻlsa;
Xalqaro Elektraloqa Ittifoqining Butunjahon va Mintaqaviy radioaloqa konferensiyalarida qabul qilingan Rejalarga kiritilgan Tomonlarning radiochastota oʻzlashtiruvlari boʻlsa.
Bitim imzolanishi davrida XEI Haftalik sirkulyarining birinchi qismida chop etilgan Tomonlarning radiochastota oʻzlashtiruvlariga berilgan talabnomalar ushbu Bitim qoidalariga koʻra muvofiqlashtirilishi lozim.
3. Tomonlarning har biri yuqorida koʻrsatilgan toifadagi radiochastotalar roʻyxatiga ega boʻlishi va ularni oʻtkazilgan muvofiqlashtirish asosida toʻldirib borishi lozim.
Tomonlar muvofiqlashtirilgan radiochastotalar (stansiyalar) roʻyxatlari bilan kelishilgan shaklda almashadilar. Roʻyxatlarga faqat chegaraoldi hududlarda joylashgan yoki bu hududlarda xalaqitlarni yuzaga keltirayotgan stansiyalarning tavsifi kiritiladi.
