4-modda.
Agrosanoat majmuasi sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 10.03.2008 · Amalda
Ushbu Bitim doirasida hamkorlik quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:
1) ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy axborot, ilmiy tadqiqotlar natijalari bilan almashish;
2) ekspert olimlarning ishtirokida ikki tomonlama simpoziumlar, seminarlar, malaka oshirish kurslari anjumanlarini hamda Tomonlarning oʻzaro kelishuvi bilan aniqlangan boshqa shakllarni tashkil etish;
3) ikki davlat tashkilotlari va mutaxassislari oʻrtasida oʻzaro manfaatli boʻlgan qoʻshma loyihalar va dasturlarni rejalashtirish va amalga oshirish;
4) qishloq xoʻjaligi uchun ilmiy kadrlar tayyorlash;
5) qishloq xoʻjalik ekinlari va chorvachilik, shu jumladan parrandachilik, genetik materiallari bilan almashish.
Tomonlar, oʻzaro kelishib, hamkorlikning boshqa shakllaridan ham foydalanishlari mumkin.
