3-modda.
Agrosanoat majmuasi sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 10.03.2008 · Amalda
Tomonlar agrosanoat majmuasining quyidagi sohalarida oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashadilar:
1) gʻoʻza, gʻalla ekinlari va qishloq xoʻjaligi ekinlarining boshqa turlarini yetishtirish, va shuningdek urugʻchilik sohasida tajriba almashish;
2) bozor iqtisodiyoti, xoʻjalik yuritishning yangi shakllarini joriy qilish tajribasini almashish, fermer xoʻjaliklarini tashkil qilish va faoliyatining samaradorligini aniqlash;
3) chorvachilik va parrandachilik sohasida, shu jumladan qishloq xoʻjaligi hayvonlarining genetikasi, koʻpayishi va fiziologiyasi sohasida tajriba almashish;
4) oʻsimliklarni biologik va kimyoviy usullar bilan himoya qilish, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalarini birgalikda tekshirish va qayd etish boʻyicha fan yutuqlarini joriy qilishda koʻmaklashish;
5) qishloq xoʻjalik mahsulotini yetishtirish va unga boʻlgan talabni tahlil qilish hamda oldindan aytib berish;
6) tuproqni tekshirish va eroziyani nazorat qilish;
7) qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishi sohasida suv xoʻjaligi, suv resurslarini boshqarish tizimlari va irrigatsiyani rivojlantirish;
8) Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjalik mahsuloti, texnika va mineral oʻgʻitlarni sotib olish va yetkazib berish boʻyicha bahamjihat harakat qilish;
9) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash, bunga konsentratlar ishlab chiqarish texnologiyasi ham kiradi.
Hamkorlikning boshqa yoʻnalishlari Tomonlarning oʻzaro kelishuviga muvofiq qoʻshimcha tartibda kiritilishi mumkin.
