“181-modda. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotning nizoliligi
“Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-208-son) · Sana: 09.04.2009 · Amalda
Zarur boʻlgan holda, baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligini tekshirish uchun mazkur hisobot qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa baholovchi tashkilot tomonidan shartnoma asosida ekspertizadan oʻtkazilishi mumkin.
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazish natijalari ekspert xulosasi bilan rasmiylashtiriladi.
Ekspertiza oʻtkazayotgan baholovchi tashkilotning ekspert xulosasida baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligi haqidagi xolisona fikr boʻlishi kerak. Bunda mazkur tashkilot takroriy baholashni oʻtkazishga va baholash obyektining qiymati toʻgʻrisida ekspert xulosasini chiqarishga haqli emas.
Baholovchi tashkilotni ilgari oʻzi bajargan baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazishga jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Buyurtmachi baholash toʻgʻrisidagi hisobot ishonchliligi toʻgʻrisida olingan ekspert xulosasiga rozi boʻlmagan taqdirda, nizo sudda koʻrib chiqilishi kerak.
Baholash obyektini baholashdan oʻtkazish materiallarini nizoli hollarda ekspertizadan oʻtkazish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ekspert komissiyasi tuziladi.
Baholash obyektini baholashdan oʻtkazish materiallarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasining mazkur materiallarning ishonchliligini aniqlashga doir xulosasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat sud ajrimiga koʻra tayyorlanadi. Baholash toʻgʻrisidagi hisobot sud tomonidan ishonchli emas deb topilganda baholash obyektini baholash materiallarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasi sudning ajrimiga koʻra baholash obyektini takroriy baholashdan oʻtkazadi va baholash obyektining qiymati toʻgʻrisidagi xulosasini sudga taqdim etadi”;
8) 19—21-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
