7-modda.
Readmissiya toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi · Sana: 04.07.2007 · Amalda
1. Shaxsni tranzit qilish toʻgʻrisidagi soʻrovnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
a) uchinchi davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlar (familiyasi, ismi, nasabi (ikkinchi ismi), tugʻilgan sanasi va joyi, jinsi, fuqaroligi (hozirgi va avvalgi), turar joyi va shaxsini aniqlash imkonini beruvchi boshqa maʼlumotlar);
b) Tomonlar davlatlarining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat, yoki shaxsni aniqlovchi va (yoki) Tomonlar davlatlari chegaralarini kesib oʻtish huquqini beruvchi hujjat, ularning raqami, amal qilish muddati, berilgan sanasi va joyi, va uni bergan organ nomini koʻrsatgan holda;
v) topshirilayotgan shaxsni oxirgi va tranzit davlatlarida, (agar shunday davlatlar mavjud boʻlsa), qabul qilib olishi toʻgʻrisidagi oxirgi yetib borish davlati tomonidan, shuningdek tranzit davlatlari tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar;
g) tranzit boʻyicha yurish vaqti va yoʻnalishi;
d) readmissiya qilinayotgan shaxsni kuzatib boruvchi shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlar;
e) soʻralayotgan Tomon davlatlarining vakolatli organlari tomonidan tranzitni taʼminlashdagi zarur koʻmagi;
j) tranzitni taʼminlash uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
2. Vakolatli organlarning kelishuvi boʻyicha ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar roʻyxatiga oʻzgartishlar kiritilishi mumkin.
