6-modda.
Readmissiya toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi · Sana: 04.07.2007 · Amalda
1. Shaxsni readmissiya qilish toʻgʻrisidagi soʻrovnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
a) familiyasi, ismi, nasabi (ikkinchi ismi), tugʻilgan joyi va sanasi, jinsi, fuqaroligi (hozirgi va avvalgi), turar joyi va shaxsni aniqlash imkonini beruvchi boshqa maʼlumotlar;
b) mazkur bayonnomaning 1-moddasiga muvofiq Tomonlar davlatlarining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat, yoki shaxsni aniqlovchi va (yoki) Tomonlar davlatlari chegaralarini kesib oʻtish huquqini beruvchi hujjat, ularning raqami, amal qilish muddati, berilgan sanasi va joyi, va uni bergan organ nomini koʻrsatgan holda;
v) Tomonlardan birining davlati hududida yashash va u erda boʻlish huquqini beruvchi hujjat, ularning raqami, amal qilish muddati, berilgan sanasi va joyi, va uni bergan organ nomini koʻrsatgan holda;
g) soʻrayotgan Tomon davlatining hududiga noqonuniy kirib kelganlik yoki turishini tasdiqlovchi hujjatlar;
d) soʻrayotgan Tomon davlatining hududiga soʻralayotgan Tomon davlatining hududidan bevosita kirib kelganlikni tasdiqlovchi hujjatlar;
e) davlat chegarasi orqali oʻtish punktining nomi, shaxsning soʻralayotgan Tomon davlatiga rejalashtirilgan qaytishi vaqti va usullari;
j) tibbiy xizmatga muhtoj shaxsning sogʻligʻi toʻgʻrisida maʼlumot;
z) kuzatib boruvchi shaxslar (readmissiya qilinayotgan shaxsni kuzatib borgan holda) toʻgʻrisida maʼlumotlar;
i) tarjimon xizmatlarini koʻrsatish zarurati toʻgʻrisida maʼlumotlar.
2. Zarurat tugʻilganda soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari readmissiya toʻgʻrisidagi soʻrovnomada readmissiya qilinayotgan shaxsni soʻralayotgan Tomon davlatining hududiga kirishi uchun zarur hujjatlarni ushbu shaxsga rasmiylashtirishni soʻraydilar.
3. Mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlarni berish ushbu Bitimning 8-moddasida keltirilgan qoidalarni eʼtiborga olgan holda amalga oshiriladi.
4. Vakolatli organlarning kelishuvi boʻyicha ushbu moddaning 1-bandida keltirilgan maʼlumotlar roʻyxatiga oʻzgartishlar kiritilishi mumkin.
