4-modda. Readmissiya toʻgʻrisidagi soʻrovnomalarni yuborish va koʻrib chiqish muddatlari
Readmissiya toʻgʻrisida · Sana: 04.07.2007 · Amalda
1. Shaxsni readmissiya qilish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma ushbu shaxsning soʻrayotgan Tomon davlatining hududiga noqonuniy tarzda kirib kelganligi yoki noqonuniy boʻlganligini aniqlangan kundan keyin va (yoki) uning shaxsi aniqlanganidan keyin 10 ish kuni ichida yuboriladi.
2. Soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlarini shaxsni readmissiya qilish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani qabul qilgan sanadan boshlab 30 kun ichida ushbu shaxsni qabul qilib olishga rozilik beradi yoki, agarda soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari tomonidan mazkur Bitimning 2-moddasi 1-bandi va 3-moddasi 1-bandida koʻrsatilgan shaxsni oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartlarning mavjud emasligi aniqlansa, shaxsni qabul qilishni asosli ravishda rad etishi mumkin. Shaxsni readmissiya qilish toʻgʻrisidagi soʻrovnomaga oʻz vaqtida javob berishga toʻsqinlik qiluvchi yuridik yoki daliliy ahamiyatga ega holatlar mavjud boʻlsa, javob berish muddati soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan, murojaatnomasi asosida 60 kungacha uzaytirilishi mumkin.
3. Soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari, agarda soʻrayotgan Tomon davlatining chegarasini kesib oʻtish paytidan boshlab yoki soʻrayotgan Tomon davlatining hududiga noqonuniy tarzda kirib kelganlik holatini aniqlash paytidan boshlab 6 oydan ortiq vaqt oʻtganligini tasdiqlovchi dalillar mavjud boʻlsa, mazkur Bitimning 3-moddasida koʻrsatilgan shaxsni readmissiya qilish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani rad etishi mumkin.
