11-modda.
Akkreditatsiya sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 06.10.2008 · Amalda
Ushbu Bitim noaniq muddatga tuziladi va imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
Tomonlardan har biri oʻz niyati toʻgʻrisida boshqa Tomonga yozma ravishda xabar berib, ushbu Bitimning amal qilishini tugatishi mumkin. Bitimning amal qilishi boshqa Tomon bunday xabarnomani olgan kundan boshlab 1 (bir) oy muddat oʻtgandan keyin tugaydi.
Toshkent shahrida 2008-yil 6-oktabrda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, latish va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Bitim matnini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelsa, rus tilidagi matn asos qilib olinadi.
(imzolar)
