6-modda. Intellektual mulk huquqlari himoyasi
Huquqiy hamkorlik sohasida · Sana: 06.08.2008 · Amalda
1. Intellektual mulk huquqlari himoyasi Tomonlarning amaldagi qonunchiligi hamda Tomonlar ishtirokchi hisoblangan xalqaro bitimlarga muvofiq amalga oshiriladi.
2. Tomonlardan birining nomi, belgisi va\yoki rasmiy emblemasidan ikkinchi Tomon tarafidan nashr, hujjat va\yoki boshqa qogʻozlarda foydalanish, birinchi Tomonning yozma ruxsatisiz taʼqiqlanadi.
3. Mazkur moddaning 1-qismida koʻrsatilgan qoidalardan qatʼiy nazar, amalga oshiriladigan har qanday texnologik usul, mahsulot va xizmatlarning rivojlanishiga oid intellektual mulk huquqlari:
a) Tomonlarning birgalikdagi faoliyati yoki Tomonlarning oʻzaro hamkorlikda amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida yaratilgan boʻlsa, oʻzaro kelishuvga muvofiq har ikkala Tomonga tegishli hisoblanadi;
b) Tomonlardan birining yakka faoliyati yoxud amalga oshirgan tadqiqotlari natijasida yaratilgan boʻlsa, faqat oʻsha Tomonga tegishli hisoblanadi.
