2-modda. Hamkorlik sohalari
Huquqiy hamkorlik sohasida · Sana: 06.08.2008 · Amalda
1. Tomonlar, oʻz davlatlarining amaldagi qonunchiligi va davlat dasturlariga amal qilib, quyidagi sohalarda huquqiy hamkorlikni qoʻllab-quvvatlaydilar va ilgari suradilar:
a) umumiy manfaatga doir masalalar yuzasidan qonun hujjatlari bilan almashish;
b) umumiy manfaatga doir masalalar yuzasidan tajriba va ijobiy amaliyot bilan almashish;
v) oʻzaro kelishilgan oʻquv dasturlarida ishtirok etish maqsadida prokuratura xodimlarining almashinuv tashriflarini amalga oshirish;
g) malaka oshirish va tajriba almashish maqsadida prokuratura xodimlari oʻrtasida kasbga oid hamkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish; va
d) Tomonlar oʻzaro kelishgan huquqiy hamkorlikning boshqa sohalari.
2. Ushbu Memorandum maqsadlarida “prokuratura xodimlari” degan atama zamirida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Malayziya Bosh Attorneyi Palatasi xodimlari tushuniladi.
