12-modda. Kuchga kirish, amal qilish va oʻz kuchini yoʻqotish
Huquqiy hamkorlik sohasida · Sana: 06.08.2008 · Amalda
1. Ushbu Memorandum imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va besh (5) yil muddat davomida amal qiladi.
2. Tomonlar oʻzgacha kelishmagan taqdirda, bu muddat oʻz-oʻzidan keyingi besh (5) yillik muddatda uzayadi.
3. Mazkur modda qoidalaridan qatʼiy nazar, Tomonlarning har biri boshqa Tomonni ushbu Memorandum amal qilishini tugatish niyati borligi toʻgʻrisida istagan vaqtda, bu niyatni amalga oshirish sanasidan kamida olti (6) oy ilgari diplomatik kanallar orqali yozma ravishda xabardor qilib, uning amal qilinishini tugatishi mumkin.
4. Ushbu Memorandumning tugatilishi, uning tugatilishi sanasidan avvalroq kelib chiqqan yoki unga asoslangan Tomonlarning huquq va majburiyatlariga taʼsir etmasligi lozim.
Yuqoridagilarni tasdiqlab, oʻz Hukumatlari tomonidan tegishli vakolat olgan quyida imzo chekuvchilar ushbu Memorandumni imzoladilar.
Toshkent shahrida 2008-yil 6-avgust kuni olti (6) asl nusxada, har ikkisi (2) oʻzbek, malay va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Matnlarni talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
(imzolar)
