6-modda. Odam savdosi qurbonlariga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasini toʻldiruvchi odam savdosining, ayniqsa ayollar va bolalar savdosining oldini olish hamda unga chek qoʻyish va uning uchun jazolash haqida · Sana: 15.11.2000 · Amalda
1. Har bir Ishtirokchi-davlat tegishli hollarda va imkon qadar, oʻzining ichki qonunchiligiga muvofiq, jumladan, bunday savdo bilan bogʻliq ishlab chiqarishning (faoliyat) sir saqlanishi xususiyatini taʼminlash yoʻli bilan odam savdosi qurbonlarining shaxsiy hayoti va shaxsini himoya qilishni taʼminlaydi.
2. Har bir Ishtirokchi-davlat, oʻzining ichki huquqiy yoki maʼmuriy tizimi, tegishli hollarda odam savdosi qurbonlariga quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradigan choralarni nazarda tutishini taʼminlaydi:
a) ishlarni tegishli sud va maʼmuriy tartibda koʻrish toʻgʻrisidagi axborotlarni olish;
b) jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoiy ish yuritishning tegishli bosqichlarida himoya huquqlariga zarar yetkazmagan holda ularning fikrlari va xavotirlanishlarini bayon qilish va koʻrib chiqishga imkon beruvchi yordamni olish.
3. Har bir Ishtirokchi-davlat odam savdosi qurbonlarining jismoniy, ruhiy va ijtimoiy reabilitatsiyasini taʼminlash, shu jumladan tegishli hollarda, nohukumat tashkilotlari, boshqa tegishli tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa elementlari bilan hamkorlikni taʼminlash boʻyicha, xususan, quyidagi choralarni amalga oshirish imkoniyatini koʻradi:
a) kerakli boshpana;
b) odam savdosi qurbonlariga tushunarli boʻlgan tilda, ayniqsa, ularning yuridik huquqlari bilan bogʻliq konsultativ yordam va maʼlumotni;
s) tibbiy, ruhiy va moddiy yordam;
d) ish bilan taʼminlanish, taʼlim va kasbiy tayyorgarlik sohasidagi imkoniyatlar.
4. Har bir Ishtirokchi-davlat ushbu modda qoidalarini qoʻllashda odam savdosi qurbonlarining yoshi, jinsi va alohida ehtiyojlarini, xususan bolalarning alohida ehtiyojlarini, shu jumladan, kerakli boshpana, taʼlim va parvarish olishga boʻlgan ehtiyojlarini hisobga oladi.
5. Har bir Ishtirokchi-davlat oʻzining hududida odam savdosi qurbonlari boʻlgan davrlarida ularning jismoniy xavfsizligini taʼminlashga intiladi.
6. Har bir Ishtirokchi-davlat oʻzining huquqiy tizimi odam savdosi qurbonlariga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya (tovon puli) olish imkoniyatini taqdim etish choralarini nazarda tutishini taʼminlaydi.
