5-modda. Kriminallashuv
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasini toʻldiruvchi odam savdosining, ayniqsa ayollar va bolalar savdosining oldini olish hamda unga chek qoʻyish va uning uchun jazolash haqida · Sana: 15.11.2000 · Amalda
1. Har bir Ishtirokchi-davlat ushbu Bayonnomaning 3-moddasida koʻrsatilgan harakatlar qasddan sodir etilganda jinoiy jazoga loyiq deb tan olish uchun talab etilishi mumkin boʻlgan qonunchilik va boshqa choralarni koʻradi.
2. Har bir Ishtirokchi-davlat, shuningdek quyidagi harakatlarni jinoiy jazoga loyiq deb tan olish uchun talab etilishi mumkin boʻlgan qonunchilik va boshqa choralarni koʻradi:
a) oʻz huquqiy tizimining asosiy prinsiplariga rioya qilish sharti bilan mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq shunday deb eʼtirof etilgan biron-bir jinoyatni sodir etishga suiqasd qilish;
b) mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq shunday deb eʼtirof etilgan biron-bir jinoyatni sodir etishda sherik sifatida qatnashish;
s) mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq shunday deb eʼtirof etilgan biron-bir jinoyatni sodir etish maqsadida boshqa shaxslarni tashkillashtirish yoki ularga boshchilik qilish.
