14-modda. Istisno etuvchi qoidalar
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasini toʻldiruvchi odam savdosining, ayniqsa ayollar va bolalar savdosining oldini olish hamda unga chek qoʻyish va uning uchun jazolash haqida · Sana: 15.11.2000 · Amalda
1. Mazkur Bayonnomadagi hech narsa xalqaro huquq, xalqaro gumanitar huquq va inson huquqlari sohasidagi xalqaro huquq va, xususan, qoʻllash mumkin boʻlganda, 1951-yilgi Qochoqlar maqomi toʻgʻrisidagi konvensiya va 1967-yilgi Bayonnoma hamda ularda mustahkamlangan mamlakatdan chiqarib yubormaslik prinsipiga muvofiq davlatlar va alohida shaxslarning javobgarligi, majburiyatlari va boshqa huquqlariga daxl qilmaydi.
