7-modda. Qimmatli qogʻozlar oldi-sotdisiga doir bitimlar
Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida (218-I-son) · Sana: 25.04.1996 · Amalda
Investorlar tomonidan sotib olingan qimmatli qogʻozlar birja bozorlari va birjadan tashqari bozorlarda qayta sotilishi mumkin. Investorlar oldi-sotdilarni investitsiya institutlari orqali ham, mustaqil holda ham amalga oshirishlari mumkin.
Egasi yozilgan qimmatli qogʻozlarning oldi-sotdisiga doir bitimlar tomonlarning oʻz xohish-irodalarini izhor etganliklarini qayd etish imkonini beradigan hujjat shaklida amalga oshiriladi.
Egasi yozilmagan qimmatli qogʻozlar oldi-sotdisiga doir bitimlar tomonlarning oʻz xohish-irodalarini izhor etganliklarini qayd etish imkonini beradigan hujjat shaklida amalga oshiriladi, vositachisiz tuziladigan va tuzilgan paytda bajariladigan bitimlar bundan mustasno.
Davlat mol-mulkini boshqarishga vakil qilingan organ tomonidan aksiyalar oldi-sotdisiga doir bitimlar birjadan tashqari bozorda mustaqil suratda, investitsiya vositachilari ishtirokisiz Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
