32-modda. Guvohlar, ekspertlar va jabrlanuvchilarning himoya qilinishi
Korrupsiyaga qarshi · Sana: 31.10.2003 · Amalda
1. Har bir ishtirokchi Davlat oʻz qonunchiligining ichki tizimiga muvofiq va oʻz imkoniyatlari chegarasida mazkur Konvensiyada jinoyat deb topilgan jinoiy xatti-harakatlar munosabati bilan koʻrsatmalar berayotgan guvohlar va ekspertlarga nisbatan, tegishli holatlarda ularning qarindoshlari va ularga yaqin boʻlgan boshqa odamlarga nisbatan boʻlishi ehtimol tutilgan oʻch yoki doʻq-poʻpisalardan samarali himoya qilishni taʼminlovchi tegishli choralarni koʻradi.
2. Mazkur moddaning 1-bandida koʻzda tutilgan choralar, ayblanuvchining huquqlari, shu jumladan tegishli muhokama va ishni koʻrish huquqiga zarar yetkazmagan holda, oʻz ichiga quyidagilarni olishi mumkin:
a) ushbu shaxslarni jismoniy himoya qilish tartibotini belgilash, masalan — zarur boʻlgan va amaliy jihatdan amalga oshirilishi mumkin boʻlgan darajada — ularni boshqa joyga koʻchirish uchun va tegishli vaziyatlarda mumkin boʻlgan shunday holatlarni qabul qilish, ushbu shaxslarga shaxsan taalluqli va ularning joylashgan manzili bilan bogʻliq maʼlumotlarni oshkor etmaslik yoki maʼlumotlarning bunday oshkor etilishiga cheklov oʻrnatish;
b) guvohlar va ekspertlarga, ularni xavfsizligini taʼminlovchi tarzda koʻrsatmalar berishlariga imkon beruvchi, masalan video aloqa kabi aloqa vositalari yoki boshqa muvofiq aloqa vositalari yordamida koʻrsatmalar berishga ruxsat berishdek isbotlash qoidalarini qabul qilish.
3. Ishtirokchi Davlatlar mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan shaxslarni boshqa joyga koʻchirilishi xususida boshqa davlatlar bilan kelishuv yoki bitim tuzish imkoniyatini koʻrib chiqadilar.
4. Mazkur moddaning holatlari jabrlanuvchilarga nisbatan ham, ularning guvoh deb sanaluvchi darajasida qoʻllaniladi.
5. Har bir ishtirokchi Davlat, oʻzining ichki qonunchiligiga rioya qilish shartida, jinoiy ish koʻrib chiqilishining tegishli bosqichlarida jabrlanuvchilarning jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan fikrlari va xavfsirashlarining bayon etilishi uchun himoya huquqlariga zarar yetkazmaydigan tarzda imkoniyat yaratadi.
