3-modda. Foydalanish doiralari
Korrupsiyaga qarshi · Sana: 31.10.2003 · Amalda
1. Mazkur Konvensiya, uning qoidalariga muvofiq, korrupsiyaning oldini olish, tergov qilish va korrupsiya uchun jinoiy taʼqib qilish hamda mazkur Konvensiyaga muvofiq jinoyat yoʻli bilan orttirilgan, deb eʼtirof etilgan daromadlar bilan amaliyotlarni toʻxtatib qoʻyish (ishga solmay turish), xatlash, musodara qilish va qaytarish uchun qoʻllaniladi.
2. Mazkur Konvensiyani amalga oshirish maqsadida, agar unda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, aytib oʻtilgan jinoyatlar sodir etilishi natijasida davlat mulkiga zarar yoki talafot yetkazilishi majburiy emas.
