1- modda. Maqsadlar
Korrupsiyaga qarshi · Sana: 31.10.2003 · Amalda
Mazkur Konvensiyaning maqsadlari quyidagilardan iborat:
a) yanada samarali va taʼsirchan ravishda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlarni qabul qilish hamda mustahkamlashga koʻmaklashish;
b) korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishda, shu jumladan aktivlarni qaytarish borasida xalqaro hamkorlik hamda texnik yordam koʻrsatilishini ragʻbatlantirish, osonlashtirish va qoʻllab-quvvatlash;
c) halollik va sodiqlik, masʼuliyatlilik hamda ommaviy ishlar va ommaviy mol-mulkni talab darajasida boshqarishni ragʻbatlantirish.
